SHAHAR HOKIMI ISHTIROKIDA TEGISHLI TASHKILOTLAR MAS’ULLARI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-10-27 14:50:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot tizimida sifat va ochiqlikni ta’minlash masalalariga qaratildi. Shahar rahbari har bir fuqaroning salomatligini asrash va bemorlar xavfsizligini ta’minlash eng birlamchi vazifa ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining muomala madaniyatini oshirish, aholi bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish hamda sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Sohada uchraydigan korrupsion holatlarning oldini olish va profilaktika ishlarini qat’iy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga jiddiy topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasi va muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashish hamda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.



