OHANGARON GIRLS PARTY — ISTE’DODLAR E’TIROFI, LIDERLIK TANTANASI!
2026-10-23 18:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘limi hamkorligida “Ohangaron Girls Party” tadbiri tashkil etildi. Unda iste’dodli, tashabbuskor va faol qizlarning yutuqlari munosib e’tirof etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning iste’dod va salohiyatini namoyon etish, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Dastur doirasida iste’dodlar namoyishi, QUIZ FEST, “Omadli baraban”, flesh-mob, karaoke hamda etiket va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirning maxsus mehmoni — etiket bo‘yicha ekspert va psixolog Yodgora Karimjonova bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muomala madaniyati, o‘ziga ishonch, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat sari intilish mavzularida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va intiluvchanligi bilan ajralib turgan yoshlar alohida e’tirof etildi. Jumladan:
- Abdujabborova Durdona — “Ohangaron faxri”
- G‘ulomjonova Rayhona — “Eng tashabbuskor yosh”
- Raxmonova Mahliyo — “Eng izlanuvchan yosh”
- San’atjonova Nigora — “Ohangaron yorqin yulduzi”
- Ma’murjonova Odina — “Ohangaronning eng lider qizi”
Tadbir davomida Ohangaron shahar Madaniyat bo'limi, Ohangaron shahar bolalar musiqa va san'at maktabi va Ohangaron shahar sport maktabi yoshlari o‘z iqtidorlarini namoyon etib, kuy-qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar va sport namoyishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Bundan tashqari, “Ismimdan — mehr ulashaman” tashabbusi orqali insonlarga mehr, e’tibor va quvonch ulashish, jamiyatda ezgulik va mehr-oqibatni keng targ‘ib etish g‘oyasi ilgari surildi.





