“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — amaliy yechimlar va yangi imkoniyatlar
2026-10-22 14:25:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Botir Axmedov hamda shahar departamenti bo‘limi boshlig‘i Otabek Orziyev ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, murojaatlari individual tartibda ko‘rib chiqildi. Faol va tashabbuskor yoshlarning g‘oya hamda loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Uchrashuvga shahrimizdagi yirik zavod va korxona vakillari taklif etilib, ular ishlash ishtiyoqida bo‘lgan yoshlarga korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va maoshlar haqida batafsil ma’lumot berishdi hamda ularni ishga taklif qilishdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarning boshqa taklif va murojaatlari ham individual tartibda tinglandi. Bildirilgan har bir masalani hal etish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.




