“Savodxon tashkilot-savodli jamiyat” shiori ostida umummilliy diktant o'tkazildi
2026-10-20 11:45:00 / Yangiliklar

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Ohangaron shahridagi tashkilot, korxona, muassasa va idoralar rahbarlari hamda shahar hokimligi xodimlari o‘rtasida “Savodxon tashkilot – savodli jamiyat” shiori ostida umummilliy diktant o‘tkazildi.
Diktantdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish, davlat xizmatchilarining yozma savodxonligini yuksaltirish hamda o‘zbek tili imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Jarayon davomida ishtirokchilarning diktantni yozish savodxonligi va imlo qoidalariga amal qilishi e’tiborga olindi. Shuningdek, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini puxta o‘zlashtirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini rivojlantirishga alohida urg‘u berildi.
Ona tilimizni e’zozlash, uning sofligini asrash va davlat tilida savodli ish yuritish — barchamizning burchimiz!







