Yoshlik mahallasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi
2026-10-15 14:15:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov rahbarligida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla beshligi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla raisining hisoboti tinglandi. Shuningdek, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari va mavjud muammolar yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Muhokamalar davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholi murojaatlari, bandlikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng shahar hokimi Baxt mahallasi beshligi vakillari bilan ham suhbat o‘tkazdi. Unda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Mas’ullarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi bilan yaqindan ishlash hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.







