Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari muhokama qilindi
2026-10-12 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov shahardagi “Tashabbusli budjet” dasturi g‘olibi bo‘lgan 10- va 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot davomida pudratchi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar jarayoni, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shahar hokimi aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan pudratchi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, ishlarni yakunlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilab olinib, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

