Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-10-08 12:35:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar prokurori Mahmud Umarov va shahar hokimi o‘rinbosari Soxib Axmedov rahbarligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, mavjud muammolarini o‘rganish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishsiz yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida shahar Bandlik bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligiga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni shahardagi zavod va korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bevosita tanishtirish, ish joylariga olib borib, mehnat sharoitlari va ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish vazifasi belgilandi.
Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar faqat qog‘ozda yoki hisobotlarda qolib ketmasligi, har bir yoshning amaliy ravishda ishga joylashishiga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli kasb-hunar va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.




