“Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi
2026-10-07 14:00:00 / Bugungi kun yangiliklari

Bugun Ohangaron shahridagi 6-sonli umumta'lim maktabida shahar va tuman umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari va guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida yangi a’zolarga “Vatan tayanchi” harakatining guvohnomalari hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.
Shuningdek, harakat a’zolari Vatanga sadoqatli bo‘lish, davlat ramzlarini hurmat qilish, puxta bilim olish, intizomli va jasoratli bo‘lib voyaga yetish hamda Vatan himoyasiga doimo tayyor turish haqida tantanali va’da berdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, burch, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.







