5-sonli maktabda tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
2026-10-07 11:50:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahridagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashabbusli budjet orqali g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan sug‘orish tizimini barpo etish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishda shahar hokimi o‘rinbosari Sardorxon Ne’matxonov, maktab rahbariyati hamda pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Jarayon davomida loyiha doirasida bajarilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirilib, mavjud masalalar muhokama qilindi. Pudratchi tashkilotga ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, loyiha ijrosi kunlik nazoratga olingani ta’kidlandi.


