Sayyor sud o‘tkaziladi
2026-10-06 17:05:00 / E'lonlar

Hurmatli fuqarolar!
Ertaga, 7-oktabr kuni soat 15:00 da Ohangaron shahar Madaniyat markazida Ohangaron tumanlararo sudi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida fuqarolarning oilaviy masalalarga oid murojaatlarini o‘rganish va ularni qonuniy hal etish maqsadida sayyor sud majlisi o‘tkaziladi.
Sayyor sud davomida oilaviy ajrim, aliment undirish, oilaviy nizolar va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilish mumkin.
Fuqarolarni o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha sayyor sudda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
