NIKOH — MUHABBAT, MAS’ULIYAT VA SADOQAT BOSHLANISHI
2026-10-06 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun nikohdan o‘tish arafasidagi yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularni oilaga mas’uliyat bilan yondashish, o‘zaro hurmat va murosaga asoslangan sog‘lom munosabatlarni shakllantirish maqsadida Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Xonobod jome masjidi imom-xatibi hamda Adliya bo‘limi hamkorligida navbatdagi o‘quv darsi tashkil etildi.
O‘quv dars davomida nikohlanuvchilarga oilaviy hayotning muhim jihatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Jumladan:
- nikohning huquqiy va ma’naviy asoslari;
- er-xotinning oila oldidagi huquq va majburiyatlari;
- oilada o‘zaro hurmat, ishonch va mehr-muhabbatni mustahkamlash;
- kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish va murosaga kelish;
- oilaviy mas’uliyat va farzand tarbiyasiga tayyorgarlik;
- oilani mustahkamlashda milliy va ma’naviy qadriyatlarning o‘rni kabi mavzularda suhbatlar olib borildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarga oilaviy hayotga tayyorgarlik bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

