Qurilishi tugallanmagan obyektlar holati o‘rganildi
2026-10-06 13:50:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahar prokurori Mahmud Umarov tomonidan shahar hududidagi qurilishi tugallanmagan obyektlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida foydalanilmayotgan va qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan obyektlar, ularning atrofidagi hudud hamda xavfsizlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qarovsiz va nazoratsiz hududlardan turli noqonuniy maqsadlarda foydalanilishining oldini olish hamda shahar hududida xavfsiz muhitni ta’minlashdan iborat.
Shuningdek, bunday obyektlarda boshpanasiz yoki nazoratsiz shaxslarning to‘planib qolishining oldini olish, hududlarni tartibga keltirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.





