“Ziyo-Nur Kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshladi
2026-10-02 13:30:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahrining “Birlik” MFY hududida “Ziyo-Nur Kids” nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi vakili B.Musurmanov, Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari S.Axmedov, shahar Nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Sh.Kamilov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish, ular uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida mehmonlar muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.







