Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
2026-10-02 09:10:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi o‘rinbosari Soxib Axmedov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan shahrimizdagi ijtimoiy kompleks obyektlari, jumladan, ta’lim va tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga shaylik holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida isitish tizimlarining sozligi, bino va inshootlarning issiqlik saqlash imkoniyatlari hamda zaxira manbalarining tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha soha mas’ullariga aniq va aniq muddatli topshiriqlar berildi.




