Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimovning 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrigi
2026-09-30 19:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar va murabbiylar!
Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman.
Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 31 ta ta’lim muassasasi faoliyat yuritib, shundan, 9 ta maktab, 23 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (16 ta davlat, 2 ta nodavlat, 5 ta oilaviy) Umumta’lim maktablarida ta’lim 2 tilda (o‘zbek, rus,) tillarida olib boriladi.
2025-2026 o‘quv yilida 295 nafar o‘quvchilar 11-sinfni tamomlashdi. Shundan, 12 nafar bitiruvchilarimiz oltin medal sohiblari bo‘lishdi.
2025-2026 o‘quv yilida 295 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 122 (41%) nafari, ya’ni, 32 nafari grant, 90 nafari kontrakt asosida yuqori ballar bilan davlat OTMlariga o‘qishga kirishdi va Toshkent viloyatida oliy ta’limga kirish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jumladan,
5-maktabning 2 nafar 11-sinf bitiruvchisi Asrayev Xusan Muzaffar o‘g‘li Buyuk Britaniyaning Menejment Universitetiga hamda, Abduraxmonov Ozodbek Dilmurod o‘g‘li AQSH ning Texas Universitetiga grant asosida o‘qishga kirdi.
Ohangaron shahar maktablari oxirgi uch yil davomida viloyatda oliy ta’limga kirish bo‘yicha birinchiliklarni qo‘ldan bermay kelyapti.
2026-o‘quv yilida 160 nafar o‘quvchilar xorijiy til bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatga ega bo‘lishdi. Pedagoglar malakasi va metodik salohiyatini oshirish maqsadida 190 nafar o‘qituvchi viloyat Pedagogik mahorat markazida malaka oshirdi.
Hurmatli aziz ustozlar !
Hammamiz har doim bosh egib, ta’zim qiladigan, ehtirom ko‘rsatadigan ustoz va murabbiylarga, aytish mumkinki, so‘nggi yillarda e’tibor yanada kuchaydi. Ularga har jihatdan qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani e’tiborga molik.
“Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi”, dedi Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida.
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:
- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
- kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
- o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi; - fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;
- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi. Bu g‘alabalar avvalo ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samarasidir
- O‘z mehnati bilan qadr topish, el-yurt ardog‘ida bo‘lish chinakam baxt.
Bu, ayniqsa, o‘qituvchi va murabbiylarga yarashadi.
Qadringiz ham, qaddingiz ham doimo baland bo‘lsin, aziz ustozlar!
Sizlarni 1-oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.
