YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDA
2026-09-30 11:45:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqda. Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Soxib Axmedov hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Uralov mahallalardagi oliy ta’lim bitiruvchilari va ishsiz yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashdi.
Yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, har bir holat bo‘yicha bandligini ta’minlash, ishga joylashtirish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.


