PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi Ohangaron shahrida o‘rganildi
2026-09-30 11:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Ohangaron shahrida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida shaharda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O‘rganish avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kriminogen vaziyatni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i B.Umarov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida Namuna mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, Namuna mahallasida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayon davomida mahalla yettiligi tomonidan PQ–1 va PQ–2-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda hududda belgilangan topshiriqlarning ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla xodimlari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.



