«ISHBILARMON AYOL» KO‘RIK-TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILADI
2026-09-29 19:05:00 / E'lonlar

Ertaga, 30-sentabr kuni soat 10:00 da Ohangaron shahar Madaniyat markazida Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda O‘zLiDeP hamkorligida «Ishbilarmon ayol» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda Ohangaron shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor xotin-qizlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
📍 Manzil: Ohangaron shahar Madaniyat markazi
🕙 Vaqt: 30-sentabr, soat 10:00
Barcha tadbirkor xotin-qizlarni hamda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan faol va tashabbuskor ayollarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
O‘z imkoniyatingizni namoyish eting, tajribangiz bilan o‘rtoqlashing va yangi marralar sari dadil qadam tashlang!
