Ohangaron shahrida tungi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi
2026-09-25 21:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatchilikka jalb etilgan xodimlar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati IIBB JTSB boshlig‘i, podpolkovnik I.Axmedov, Ohangaron shahar prokurori M.Umarov, Toshkent viloyati 2-MMM boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik D.Radjabov, Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Kamilxanov hamda boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Yo‘riqnoma davomida xizmatga jalb etilgan xodimlarga tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, shahar hududida osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng xodimlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat olib borish uchun jalb etildi. Asosiy e’tibor fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash hamda tungi vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratildi.



