Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-09-22 16:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov ta’lim tizimidagi rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda ta’lim tizimining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalarini 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, muassasalardagi ichki muhitni yaxshilash, o‘quvchilarning darslarga qatnashishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada kuchaytirish hamda o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, bu borada rahbar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlangan Soxib Axmedov yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.




