Ko‘p qavatli uy tom qismi mukammal ta’mirlanmoqda
2026-09-14 16:50:00 / Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ta’mirlash va mavsumga tayyor holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
Xususan, “Sardorbek Sarvarbek Kelajak Qurilish” BSK tasarrufidagi Iloq MFY, 3-mavze, 4-uyning tom qismi ayni paytda mukammal ta’mirdan chiqarilmoqda.

