YOSHLAR BANDLIGI — AMALIY NATIJA!
2026-09-15 09:30:00 / Yangiliklar

Baxt va Yoshlik MFY yoshlar yetakchilari tomonidan Ijtimoiy reestrda turuvchi hamda 2026-yil bitiruvchilari bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borildi.
Yoshlar Ohangaron shahrining sanoat hududida joylashgan “PREMIER” korxonasiga olib borilib, mavjud ish o‘rinlari va mehnat sharoitlari bilan tanishtirildi.
Natijada ishga joylashish istagini bildirgan yoshlar “PREMIER” korxonasiga ishga joylashtirildi.


