Deputatlar hududlarda
2026-09-15 15:20:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati U. Isayev tomonidan Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning holidan xabar olindi.
O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, oilalarning ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlari atroflicha o‘rganilib, murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Aniqlangan muammo va murojaatlarni tegishli tartibda o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

