Sayyor qabul
2026-09-16 13:45:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahrida aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaat va muammolarini tinglash hamda ularni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish doimiy e’tiborda.
Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mutasaddi idoralar hamda soha mas’ullari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aholidan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida va tezkorlik bilan o‘z yechimini topdi. Shu bilan birga, ko‘rib chiqilishi uchun vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar tegishli tashkilot hamda soha mas’ullariga biriktirilib, ularni qisqa fursatlarda va amaldagi qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq muddatli topshiriqlar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.



