Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov "Baxt" mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi", mas’ul rahbarlar hamda hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) vakillari ishtirokida muloqot o‘tkazdi.
2026-09-17 09:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish borasidagi ko‘rsatkichlar hamda biriktirilgan xodimlarning faoliyati atroflicha muhokama qilindi. Boshqaruv servis kompaniyasi rahbarining ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan ishlari tinglanib, barcha mas’ullarga o‘z sohalari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Suhbatdan so‘ng shahar rahbari hududni va yangi barpo etilgan bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.



