Ohangaron shahrida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-09-17 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov va shahar prokurori Mahmud Umarov ishtirokida Madaniyat markazi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’lim, ilm-fan, xorijiy tillar, zamonaviy kasblar, haydovchilik hamda harbiy xizmat yo‘nalishlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
30 nafarga yaqin yoshga “Yoshlar daftari” orqali, yoshlar yetakchilarining tavsiyasi asosida tegishli yo‘nalishlarda ta’lim olish uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Farzandlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun bo‘lgan ota-onalar yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik va shukronaliklarini bildirdilar.




