Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov shahardagi o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.
2026-09-17 17:30:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida o‘quv markazlarida Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning 50 nafardan ortiq farzandlari bepul ta’lim olayotgani ma’lum qilindi.
Shahar hokimi o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari hamda darslarning olib borilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdi.
Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



