Shahrimizda yangi avtobus yo‘nalishlari va bekatlar holati amaliy o‘rganilmoqda
2026-09-18 12:50:00 / Yangiliklar

Ayni damda yangi zamonaviy avtobuslar sinov tariqasida yo‘nalishlarga chiqarilib, hududlardagi bekatlarning joylashuvi, xavfsizlik darajasi hamda yo‘lovchilar uchun qulayligi bevosita o‘rganilmoqda. Mas’ullar tomonidan avtobuslarning harakatlanish yo‘nalishlari, qatnov intervallari va qayerlarda to‘xtab o‘tishi kabi muhim tashkiliy masalalar joyiga chiqqan holda atroflicha tahlil qilinmoqda.
Aholi gavjum nuqtalarda, xususan, "Dehqon bozori" oldida yangi o‘rnatilgan bekat va unga avtobuslarning kelib-ketish tartibi ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, tez orada shahrimizda zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ushbu qatnovlarni tartibli tashkil etish hamda yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida shahar Avtoyo‘l korxonasi va Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida infratuzilmani yangilash ishlari olib borilmoqda.
Amaliy ishlarning davomi sifatida, aholi gavjum bo‘lgan "Dehqon bozori" binosi oldida fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy bekat o‘rnatildi.


