Shahar hokimi 10- va 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi
2026-09-18 14:55:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov shahrimizdagi 10- va 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida avval berilgan topshiriqlarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirishga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli tashkil etish hamda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar berildi.
Barcha ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish topshirig‘i berildi.



