OHANGARON SHAHRIDA KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-08-14 18:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahri hokimligida faoliyat yurituvchi hokimlik apparat xodimlari ishtirokida “Kiberxavfsizlik asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar Ohangaron shahri hokimining Sun’iy intellekt maslahatchisi M.Masavurov tomonidan tashkil etilib, seminar spikeri sifatida olib borildi.
Seminar davomida xodimlarga:
- fishing va firibgar xabarlarni aniqlash;
- virus va zararli dasturlardan himoyalanish;
- Telegram va messenjerlardan xavfsiz foydalanish;
- akkauntlarni ikki bosqichli himoyalash;
- kuchli parollardan foydalanish;
- kundalik kiber-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilarining kiber-savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash va kiber-tahdidlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirish.


