Mustaqillik bayrami — ko‘tarinki ruhda nishonlandi!
2026-08-25 22:00:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va tantanavor ruhda o‘tkazildi.
Bayram davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashildi.
Tadbir so‘ngida esa osmonni rang-barang mushakbozlik bezab, bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.




