Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-08-27 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 4 ta masala kiritilib, ular atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan:
Ohangaron shahar hokimi S. Shoqosimovning 2026-yilning 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Ma’ruzachi: S.Shoqosimov — Ohangaron shahar hokimi.
Ohangaron shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Ma’ruzachi: Sh.Abdusattarov — shahar hokimining birinchi o‘rinbosari.
Ohangaron shahar mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak ijrosi muhokama qilindi.
Ma’ruzachi: Sh.Abdusattarov — shahar hokimining birinchi o‘rinbosari.
Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limining 2026-yilning 7 oyi davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot tinglandi.
Ma’ruzachi: K.Usmanova — shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.
Shuningdek, sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar raislarining xulosalari tinglandi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibining axboroti ham eshitildi.






