SHAHAR HOKIMI 4-SONLI MAKTABDA PEDAGOGLAR BILAN UCHRASHDI
2026-09-02 11:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida shahar hokimi maktab pedagoglari bilan samimiy suhbatlashib, ularni Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.
Suhbat davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy bilim berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shahar hokimi ustozlarga yangi o‘quv yilida kuch-g‘ayrat, mas’uliyat va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

