Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov 3-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rgandi
2026-08-05 18:00:00 / Yangiliklar

Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida 2026-yilgi qurilish va rekonstruksiya dasturi doirasida 480 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish hamda mavjud binoni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Obyektni joriy yilning 15-avgustiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. O‘rganish davomida qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi alohida muhokama qilindi. Shahar hokimi tomonidan obyektni belgilangan muddatda to‘liq foydalanishga topshirish yuzasidan quruvchi tashkilot va mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


