Ohangaron shahrida ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi
2026-08-03 21:40:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash hamda ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Ohangaron shahrida 14–30 yoshdagi 10 250 nafar yosh istiqomat qilayotgani, og‘ir toifadagi 156 nafar ishsiz yosh bilan manzilli ishlash maqsadida ular 19 ta korxona va tashkilot rahbarlari hamda hokim o‘rinbosarlariga biriktirilgani ta'kidlandi.
Bugungi kunga qadar mazkur yoshlarning barchasi bilan individual uchrashuvlar o‘tkazilib, 150 nafarining bandligi ta'minlandi. Jumladan:
- 80 nafari doimiy ishga joylashtirildi;
- 20 nafariga imtiyozli kredit ajratildi;
- 17 nafari o‘zini o‘zi band qildi;
- 19 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi;
- 2 nafari oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilindi;
- 4 nafari harbiy xizmatga jo‘natildi;
- 7 nafari mehnat migratsiyasiga chiqdi;
- 1 nafariga mehnat faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskunalar ajratildi.
Shuningdek, joriy yilda 305 nafar maktab bitiruvchisi bo‘lib, ulardan 258 nafari oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgani, 1 nafari mehnat migratsiyasiga borish istagini bildirgani hamda 46 nafari Ohangaron shahrida istiqomat qilmasligi ma'lum qilindi.
Yig‘ilish yakunida shahar hokimi tomonidan har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish hamda mas'ul rahbarlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini qat'iy nazoratga olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


