Rasmiy munosabat
2026-07-31 16:00:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Fayz Med klinikasi tortib olinmoqchimi?" sarlavhasi ostida tarqatilgan videorolikda "Nilufar" ismi tilga olinib, mazkur holatga Ohangaron shahar hokimligi vakillari aloqadorligi haqida asossiz taxminlar bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Videoda nomi tilga olingan Mirzayeva Nilufar Faziljanovna Ohangaron shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
Hozirgi kunda N. Mirzayeva mehnat ta'tilida bo‘lib, videoda tilga olingan holat va unda ko‘rsatilgan masalalar bilan xizmat vazifasi doirasida shug‘ullanmaydi hamda mazkur jarayonlarga aloqador emas.
Videorolikda tilga olingan holat yuzasidan Ohangaron shahar hokimligida rasmiy ma'lumot mavjud emas. Mazkur masala bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr va da'volar Ohangaron shahar hokimligi faoliyati bilan bog‘liq emas.
