Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchiligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-08-03 10:30:00 / Yangiliklar

Bosh vazir raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchiligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etish, mikroloyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilma obyektlaridagi qurilish ishlari, og‘ir va o‘rta toifadagi mahallalarda olib borilayotgan ishlar, "Tashabbusli budjet" loyihalari hamda sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shahar hokimi tomonidan har bir soha rahbariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish, belgilangan topshiriqlar ijrosini qat'iy nazoratga olish, muammolarni joyida hal etish hamda natijadorlikni ta'minlash yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas'ul rahbarlarga topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash, har bir yo‘nalishda shaxsiy mas'uliyatni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



