Rasmiy munosabat
2026-07-23 10:20:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ohangarondagi Harweston School ta'sischilari direktorni ayovsiz kaltakladi" mazmunidagi videoxabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, 2026-yil 11-iyul kuni soat 19:00 lar atrofida shifoxonaga G. va A. ismli ikki nafar fuqaro murojaat qilgan.
Shifokorlar tomonidan ularga tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda bosh va yuz sohalarida shilingan hamda ko‘kargan jarohatlar, shuningdek, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq mavjudligi aniqlangan.
Fuqarolarning ma'lum qilishicha, tan jarohatlari xususiy maktab ta'sischisi bilan yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik oqibatidagi janjal davomida yetkazilgan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, ushbu holat bo‘yicha ikkinchi tomondan ham uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan bo‘lib, ulardan ikki nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Barcha murojaat qilgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonada davolanish hamda qo‘shimcha tekshiruvlardan (MSKT) o‘tish tavsiya etilgan. Biroq G. va A. Toshkent shahrida istiqomat qilishini bildirib, davolanishni Toshkent shahrida davom ettirish istagini ma'lum qilgan hamda shifoxonada yotishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng ular o‘z arizalari (tilxat) asosida shifoxonadan javob berilgan.
