DIQQAT, HURMATLI FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR!
2026-08-01 09:25:00 / E'lonlar

Ohangaron shahar hokimligi tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli kunlari va vaqtlari belgilandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish maqsadida shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan quyidagi qabul kunlari tashkil etiladi:
🗓 Fuqarolar qabuli jadvali:
👤 Ohangaron shahar hokimi — S.Shoqosimov
📅 Har Chorshanba kuni
🕘 09:00 — 12:00
👤 Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari — Sh.Abdusattarov
(Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha)
📅 Har Juma kuni
🕘 09:00 — 12:00
👤 Shahar hokimi o‘rinbosari — S.Ne’matxonov
(Qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha)
📅 Har Payshanba kuni
🕚 11:00 — 13:00
👤Vakant
(Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha)
📅 Har Dushanba kuni
🕙 10:00 — 13:00
👤 Shahar hokimi o‘rinbosari — M.Mirkamolov
(Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'yicha )
📅 Har Chorshanba kuni
🕙 10:00 — 12:00
👤 Shahar hokimi o‘rinbosari — K.Usmanova
(Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha)
📅 Har Seshanba kuni
🕙 10:00 — 12:00
Eslatma: Fuqarolar qabuli Ohangaron shahar Xalq qabulxonasida belgilangan kun va vaqtlarda o‘tkaziladi. Har bir murojaat qonun doirasida atroflicha o‘rganilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinadi.
Aholi farovonligi va muammolarga yechim topish — ustuvor vazifamiz!
