Rasmiy munosabat
2026-08-01 09:05:00 / Rasmiy munosabat

#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahridagi mahallalardan birida voyaga yetmaganlar go‘yoki majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Ma'lumki, 2026-yil 16-iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi e'lon qilinib, mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini tashkil etilmoqda.
Shu asosda Ohangaron shahrining tayanch "Namuna" mahallasida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda aks etgan yoshlar mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda obodonlashtirish ishlarida ishtirok etayotgan volontyor yoshlardir. Ular majburiy mehnatga jalb etilmagan.
Kelgusida bunday holatlarning oldini olish hamda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi tadbirlarni qonunchilik talablari asosida tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
