Dolzarb vazifalar muhokama qilindi
2026-07-31 11:15:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov raisligida korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy ishlarni samarali tashkil etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi hamda "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida mahallalar, korxona va tashkilotlar hududlarida obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini yanada jadallashtirish, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Mahalla raislariga aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni umumxalq hasharlariga faol jalb etish hamda "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

