Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-30 20:40:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 14 ta masala kiritilib, ular yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.
Jumladan:
- Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida shahardagi kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot;
- Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Saidxon Kamilxanovning 2026-yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti;
- Ohangaron shahar Soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Botir Axmedovning 2026-yil II choragida mahalliy budjet daromadlari ijrosi yuzasidan hisoboti;
- Ohangaron shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Turg'un Nishanovning atrof-muhitni muhofaza qilish, havo ifloslanishining oldini olish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 6 oyi davomida “Shaharda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan” Axboroti;
- Ohangaron shahar Adliya bo‘limi rahbari Rashid Xusanovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axboroti;
- 2026-yil mavsumi uchun ishlab chiqilgan "Mening bog‘im" loyihalari orasidan "Ochiq budjet" axborot portali orqali jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan taklifni tasdiqlash masalasi.
Shuningdek, kun tartibidagi qolgan masalalar ham ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Doimiy komissiyalar raislarining xulosalari tinglandi.
Sessiya yakunida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibining axboroti eshitildi hamda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









