Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Kamola Usmonova tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-28 13:30:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolar tomonidan oilaviy nizolar, ijtimoiy himoya va huquqiy masalalar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.




