Ohangaron shahrida "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish va saxovat oyligi doirasidagi ishlar jadallashmoqda
2026-07-28 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda yil oxirigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugun (28-iyul) "Dolzarb 40 kunlik" obodonlashtirish va saxovat oyligi doirasida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov boshchiligida shtab a’zolari hamda tashkilot rahbarlari shahrimizning tanlab olingan tayanch Namuna mahallasida bo'lib, mahalla xodimlari va mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishdan so'ng shahar hokimi va mas'ullar ishtirokida Namuna mahallasini ko'zdan kechirdi. Shahar hokimi tomonidan "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida umumxalq hasharini tashkil topshirig'i berildi.
Hashar davomida ko‘chalar va yo‘l yoqalari tartibga keltirish, daraxtlarga agrotexnik ishlov berish, hududlar obodonlashtirish, aholi yashash maskanlarining yanada fayzli va ozoda bo‘lishini ta’minlash masalalari alohida alohida e'tibor qaratildi.






