Deputatlik so‘rovi yuborildi
2026-07-18 13:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Yangiobod saylov okrugi deputati Jonibek Alijonov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan Ohangaron shahar Elektr ta’minoti korxonasi rahbari I. Kayumov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovida Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inining Anhor va Navro‘z ko‘chalarida joylashgan elektr uzatish tayanchlarining texnik holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bayon etildi.
O‘rganish davomida 40 tadan ortiq elektr uzatish tayanchini yangilash zarurligi, ulardan 7 tasi esa texnik talablarga javob bermaydigan holatda ekani qayd etildi.
So‘rovda mazkur hududlarda bugungi kunga qadar nima sababdan amaliy choralar ko‘rilmagani, elektr uzatish tayanchlarini almashtirish ishlari qachon amalga oshirilishi rejalashtirilgani hamda ushbu ishlarning moliyalashtirish manbalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
Bundan tashqari, Yangiobod MFY hududidagi elektr uzatish tayanchlarining umumiy soni, temir-beton va yog‘och tayanchlar miqdori, texnik talablarga javob bermaydigan hamda almashtirilishi rejalashtirilgan tayanchlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etish ham so‘raldi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, murojaat natijalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik muntazam xabardor qilib boriladi.
