Qonun ijrosi amalda
2026-07-15 16:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi O‘RQ-1074-son "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasi tomonidan hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qonun talablariga muvofiq fuqarolarni, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxat ma’lumotlarini yangilash hamda amaldagi tartib-taomillarga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan manzilli o‘rganish va tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan hududlarda fuqarolarga qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan amaliy ko‘mak va zarur tavsiyalar berilmoqda.


