Istiqboldagi muhim vazifalar va dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-07-14 10:45:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov rahbarligida hokimlik apparat xodimlari, shahar korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari, mahalla raislari hamda maktab direktorlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar, xususan, shahrimizning eksport va import salohiyatini yanada oshirish, bu boradagi koʻrsatkichlarni tizimli nazoratga olish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.
Yig‘ilishda shahrimizning eksport salohiyatini yanada oshirish, eksport-import faoliyatini tizimli nazoratga olish, korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bayramona bezak va bannerlarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini qisqartirish, vakant lavozimlarga salohiyatli kadrlarni jalb etish, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar berildi.





