Deputatlik so‘roviga javob olindi
2026-07-09 17:25:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2026-yil 6-iyuldagi 9-ds-433-26-sonli deputatlik so‘rovim yuzasidan rasmiy javob taqdim etildi.
Javobda ta’kidlanishicha, Nog‘oyqo‘rg‘on MFY hududida aholi sonining ortishi va yangi uy-joylar qurilishi munosabati bilan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.
Xususan:
- transformator punktlari soni 4 tadan 9 taga yetkazilgan;
- qariyb 230 ta temir-beton tayanch o‘rnatilgan;
- 7 km SIP kabel tarmoqlari tortilgan;
- 2025-yilda 179-sonli transformator punkti mukammal ta’mirlanib, 10,98 km elektr tarmoqlari joriy ta’mirdan chiqarilgan;
- 2026-yilning dastlabki olti oyida 297a-sonli transformator punkti mukammal ta’mirlangan, 4 ta yangi temir-beton tayanch o‘rnatilgan, 0,4 kV va 6 kV elektr tarmoqlarining jami 14,79 km qismi hamda 5 ta transformator punkti joriy ta’mirlangan.
Korxona ma’lumotiga ko‘ra, hududdagi ta’mirlash va modernizatsiya ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.
Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida elektr ta’minoti sifati va uzluksizligini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan ishlar davom ettiriladi.
