Ohangaronda “Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-07-09 21:05:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahar Amfiteatrida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov ochib berib, barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan ustuvor vazifalar va ularni amalga oshirish yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritdi.
Bayram tadbiri davomida Ohangaron shahar Madaniyat bo‘limi hamda Toshkent viloyati Maqom ansambli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga unutilmas taassurot hamda bayramona kayfiyat ulashdi.



