Ohangaronda xotin-qizlar uchun sayyor huquqiy qabul o‘tkazildi
2026-07-10 12:45:00 / Yangiliklar

Bugun Ohangaron shahrida "Ayollar daftari"ning 5-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy maslahat berish hamda voyaga yetmaganlar foydasiga aliment undirish masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudi, Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar bo‘limi hamda Adliya bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning aliment undirish, "Ayollar daftari", ijtimoiy yordam, huquqiy maslahat va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularga amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.

